Fraktal tahlil yordamida sog‘lom va patologik to‘qimalar o‘rtasidagi farqlar fraktal o‘lchov va multifraktal spektr kabi parametrlar orqali aniqlanishi mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklarida xususan, ateroskleroz, tromboz va stenoz buzilishlarida qon tomirlar geometriyasining sezilarli darajada o‘zgarishi kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar qon tomir tarmog‘ining murakkabligi yoki soddaligi orqali ifodalanib, u fraktal ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi. U yurak-qon tomir kasalliklarini geometrik talqin qilish yondashuvi ularning faqat klinik va funksional belgilarini emas, balki qon tomirlar tizimining fazoviy va strukturaviy xususiyatlarini ham hisobga olish imkonini beradi. Bu esa kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, patologik jarayonlarning rivojlanish dinamikasini baholash va diagnostik algoritmlarni takomillashtirish uchun muhim ilmiy asos talab etadi. Shu sababli fraktal tuzilmalarning nazariy asoslari, tibbiy tasvirlarda fraktal tahlil usullari hamda yurak-qon tomir kasalliklarining matematik model talqini o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular yurak-qon tomir patologiyalarini geometrik modellashtirish va raqamli diagnostika tizimlarini ishlab chiqishda hamda zamonaviy vizuallashtirishni talab etadi